
Odil Ahmedov bu yil "Shanxay SIPG" bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng "Navbahor"ga qaytadimi? - Andrey Kanchelskisdan javob
Namanganning “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bir necha kun avval Rossiyaning “Sport-Ekspress” nashriga intervyu berdi. Unda rossiyalik murabbiy bu mavsum oxirida Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi bilan shartnomasi yakunlanadigan Odil Ahmedovni "lochinlar" safiga taklif qilish borasidagi savolga javob berdi.
- Menda bir nafar Ahmedov bor (Odilning ukasi, “Navbahor” sardori Azimjon Ahmedov nazarda tutilmoqda). Uning yoniga akasini ham olib kelishimni taklif qilyapsizmi? Buni vaqt ko‘rsatadi, - dedi Kanchelskis.
Fikrlar