Odil Ahmedov Xalkni boshqa jamoaga kuzatib qo‘yishi mumkin

  • 3 avgust, 2020, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fenerbaxche” tarkibini braziliyalik Xalk bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Shu bois turkiyaliklar “Shanxay SIPG”ning o‘yinini diqqat bilan kuzatish barobarida hujumchi bilan dastlabki muzokaralarni ham boshlagan.

34 yoshli Xalk joriy yilning oxirida xitoyliklar bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan.

Xalk xuddi Odil Ahmedov singari Xitoy jamoasiga Rossiya chempionatidan ko‘chib o‘tgan. Har ikki futbolchi 2018 yilda “Shanxay SIPG”ning Xitoy chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan edi.

Xalk faoliyatini Evropa chempionatlaridan birida davom ettirish yoki Braziliyaga qaytib ketishni rejalashtirmoqda.  

halk-sipg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!