
Odil Ahmedovning sobiq jamoasi futbolchi bo‘lishni xohlayotgan Xabibni jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishga chaqirdi
"Anji" klubi bosh direktori Absalutdin Agaragimov UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning futbolchi bo‘lmoqchi ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Biz unga hali hech narsa taklif qilmadik, shunchaki hamma narsani ommaviy axborot vositalari orqali o‘qiymiz. U o‘zini futbolda sinab ko‘rmoqchi ekanligi haqida eshitdik. Bunga haqi bor. U kuchli ruh va katta istakka ega odam. U buni isbotladi va har doim o‘z maqsadiga erishdi. Ammo futbol biroz boshqacha. Uning qo‘lidan keladimi, bilmayman. U havaskorlik darajasida o‘ynashni yaxshi ko‘radi, ammo buni professional bilan taqqoslash mumkin emas.
Uni mashg‘ulotga taklif qilishni o‘ylab ko‘rganmisiz? Biz bunga doim tayyormiz. Bizning eshiklarimiz unga ochiq. U bizning muxlisimiz, shuning uchun biz kutmoqdamiz”, - dedi bosh direktor.
Fikrlar