Odilxon Kamolov va Dilshod Madaliev jangi 1-raunddayoq o‘z nihoyasiga etdi!

  • 16.08.2025 22:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni paytda Qozog‘istonning Konaev shahrida "Octagon 77" turniri bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, oqshomning asosiy kardida ikki MMA jangchimiz - Odilxon Kamolov va Dilshod Madaliev o‘zaro oktagonga ko‘tarildi.

Ko‘pchilik kutgan bahs 1-raunddayoq yakunlandi. Kamolov raqibga oyoq zarbasini yo‘llaganidan so‘ng, Madaliev jangni davom ettira olmadi. Shu tariqa Odilxon texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, ushbu kechaning markaziy to‘qnashuvi qozog‘istonlik Erkabulan Toktar va Eron vakili Farzad Ghaderi o‘rtasida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!