
O‘FA ayollar chempionatining quyi oltilik jamoalariga yordam ko‘rsatadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar jamoalariga yordam ko‘rsatdi hamda ularning Toshkentda yashash va ovqatlanish xarajatlarini o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev ma’lum qildi.
"Moddiy qiyinchiliklar sabab, 22 tur o‘tishi kerak bo‘lgan ayollar chempionati 16 turlik qilib qisqartirilgandi. Shundan keyin ham, 5 ta jamoa turnirdagi ishtirokini davom ettira olmasligini ma’lum qildi.
O‘zPFL mazkur masalani O‘FA bilan muhokama qildi. Yakunda O‘FA "Surxon", "Andijon", "Buxoro", "Qizilqum" va "Navbahor" klublarining ayollar jamoasiga sharoit yaratib berishga qaror qildi. Ya’ni, O‘zPFL ular uchun markazlashtirilgan musobaqa tashkil etadi. O‘FA esa jamoalarning Toshkentda yashash hamda ovqatlanish xarajatlarini qoplab beradi.
Avvalroq, O‘FA ayol futbolchilarning koronavirus uchun topshirishi lozim bo‘lgan testlari uchun xarajatlarni ham o‘z zimmasiga olgandi", - deb yozadi Imomxo‘jaev.
Fikrlar