O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ektor Kuper va Lyubinko Drulovich bilan uchrashdi

  • 12 iyun, 2019, 17:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yig‘in davomida milliy terma jamoamiz Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi bahs o‘tkazdi. Olimpiya terma jamoamiz esa misrlik tengdoshlari bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi. Milliy terma jamoamiz Turkiyaga mag‘lub bo‘lib, KXRD va Suriyani taslim etgan bo‘lsa, Olimpiya terma jamoamiz har ikki o‘yinda Misr terma jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi.

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Milliy va Olimpiya terma jamoasi murabbiylari bilan uchrashdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida murabbiylar shtabi yig‘in davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlari haqida hisobot topshirishdi. Shuningdek, kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari taqdim qilindi.

Umid Ahmadjonov o‘rtoqlik o‘yinlaridagi ijobiy natijalar bilan murabbiylarni tabriklar ekan, endilikda natijani unutgan holda ishlashda davom etish kerakligini, rasmiy o‘yinlargacha jamoani yanada shakllantirish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish muhimligini aytib o‘tdi. O‘FA tomonidan bu borada kerakli barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyida Jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi. Olimpiya terma jamoamiz esa kelasi yilning yanvar oyida Taylanda bo‘ladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!