O‘FA hamda “BMB Trade Group” o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va “BMB Trade Group” kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida ushbu kompaniya tomonidan mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, nufuzini oshirish, yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, mazkur kompaniya Evropaning bir necha jamoalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. O‘z navbatida, bu kelajakda futbolchi va murabbiylarimizning xorijda malaka oshirishi uchun imkon yaratishi va ularning professional darajasi oshishiga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. O‘zbekistonda xalqaro futbol tadbirlarini borgalikda o‘tkazish imkoniyatlari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zbek futbolini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
Fikrlar