
O‘FA va iTicket Qatarga qarshi o‘yin oldidan chipta firibgarligiga qarshi choralar ko‘rmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi.
"iTicket kompaniyasi va O‘FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi o‘yinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida faqat “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionida oflayn savdo tartibini joriy etadi. Mazkur chiptalar maxsus kodlangan. Avvalgi uchrashuvlarda firibgarlar elektron chiptalarni soxtalashtirib, ko‘plab muxlislarning stadionga kirolmasligiga sababchi bo‘lishgandi" - deya xabar berildi O‘zbekiston Futbol Assosatsiyasining matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati saralashi guruh bosqichining so‘nggi tur bellashuvi 10 iyun soat 18:45 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar