Asosiy mazmunga oʻtish

OʻFF tarkibiy qismida oʻzgarish amalga oshirildi

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Teshaboev Lazizbek Ergashboy oʻgʻli ЎФФ Tibbiyot departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

OʻFF tarkibiy qismida oʻzgarish amalga oshirildi. Shu kunga qadar Oʻzbekiston futzal federatsiyasi Tibbiyot departamentida bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritib kelgan Teshaboev Lazizbek Ergashboy oʻgʻli OʻFF Tibbiyot departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Lazizbek Teshaboev Toshkent tibbiyot akademiyasining “Davolash ishi” yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichini tamomlagan. Shuningdek, u sport tibbiyoti fakultetining klinik ordinaturasini ham muvaffaqiyatli yakunlagan.

Lazizbek Teshaboev 2022–2024-yillar davomida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda, shuningdek, futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida shifokor sifatida faoliyat olib borgan. 2025-yildan hozirgi kunga qadar esa Oʻzbekiston futzal federatsiyasi Tibbiyot departamentida samarali mehnat qilib kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q