
OFK kubogi. "Nasaf" hujumchisi turnir to‘purariga aylanib oldi
Ayni daqiqalarda OFK kubogi hududiy yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Mohun Bagan" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Birinchi bo‘limda 5 ta to‘p kiritgan "ajdarlar"ning hujumchisi Husayin Norchaev xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali yosh yulduz OFK kubogidagi gollari sonini 6taga etkazib olgan holda, turnir peshqadamiga aylandi.
Undan keyingi natija Turkmanistonning "Ahal" jamoasi vakili Elman Tagaevga tegishli. Uning hisobida 5 ta gol bor. Biroq "Nasaf" mazkur klubni hududiy chorak final bosqichida mag‘lub etgandi.
Ayni daqiqalarda o‘yin davom etmoqda va Norchaevda o‘z natijasini yanada yaxshilab olish imkoniyati mavjud.
Fikrlar