
OFK Kubogi. "Nasaf" "Xo‘jand"ni ham ayab o‘tirmadi
OFK Kubogi "F" guruhi 2-turidan o‘rin olgan "Xo‘jand" - "Nasaf" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuv vakillarimizning yirik - 0:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarning barchasi 1-taymda urildi, ularga Akmal Mozgovoy (9'), Husniddin Aliqulov (42') hamda Sherzod Nasrullaev (45+2') mualliflik qilishdi. Ikkinchi bo‘lim har qancha kurashlarga boy o‘tmasin, shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. "Nasaf" ikkinchi uch ochkosini ham qiyinchiliksiz qo‘lga kiritdi.
Keyingi turda qarshiliklar Turkmanistonning "Oltin Asr" klubiga qarshi bahs olib boradi va shu o‘yinda ham g‘alaba qo‘lga kiritilsa, 1-o‘rin naqd bo‘ladi. Vakillarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar