OFK kubogi. "Nasaf" finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi. O‘yin O‘zbekistonda o‘tkaziladimi?

  • 20 oktabr, 2021, 23:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan ayni paytdagi yagona klubimiz "Nasaf" OFK kubogi yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. 

Gong Kongning "Li Man" jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda "ajdarlar" 3:2 hisobidagi muhim g‘alabani tantana qildi. Ularning hal qiluvchi bellashuvdagi raqibi Bahraynning "Al-Muharraq" hamda Quvaytning "Quvayt SK" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlandi. Unda bahraynliklar 2:0 hisobi bilan zafar quchdi.

Endi OFK kubogi chempioni nomiga oydinlik kiritib beruvchi "Nasaf" - "Al-Muharraq" o‘yini 5 noyabr kuni, Bahrayn davlatida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!