OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiev "Oltin Asr"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?

  • 19 may, 2021, 15:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi 3-turi doirasida Turkmanistonning “Oltin Asr” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bugun ushbu bellashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

"Ertaga biz uchun ham, raqib uchun ham muhim va hal qiluvchi bahs. "Oltin Asr" jiddiy va tajribali jamoa, qiyin o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Hal qiluvchi bahsga barcha futbolchilarimiz tayyor. Ertaga muxlislarimizni xursand qiladigan natija qayd etishga harakat qilamiz.

Yigitlar bilan gaplashib oldik. Hech kim durang haqida o‘ylayotgani yo‘q, faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Futbolchilarimiz buni tushunib turibdi. "Oltin Asr" jamoasini yaxshi o‘rganib chiqdik va tarkibida Turkmaniston terma jamoasining ko‘plab o‘yinchilari borligini ko‘rdik, tajribali jamoa. Shu bois, bo‘shashmaymiz va g‘alabani ko‘zlab o‘ynaymiz.

Haqiqatdan ham bo‘lajak raqibimiz yakkakurashlarda ancha yaxshi o‘ynaydi. Lekin futbolda bu muhim ahamiyat kasb etmaydi, ertaga raqibdan tezroq va chaqqonroq bo‘lishimiz kerak. "Oltin Asr"ning kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratdik. O‘ylaymanki, ertaga yigitlarimiz vazifani uddalashadi.

"Xo‘jand" bilan o‘yinga jiddiy tayyorlandik va birinchi taymda bor kuchimiz bilan o‘ynadik. Tanaffus vaqtida yigitlarga keyingi o‘yinga ham kuchingizni asrashni, lekin hali oldinda 45 daqiqa borligini va bo‘shashmaslikni so‘radim. Istalgan jamoa 3:0 hisobidan keyin biroz ehtiyotkor o‘ynaydi. To‘g‘ri ikkinchi taymda hujumda bor kuchimiz bilan o‘ynamadik va keyingi bahs haqida o‘ylay boshladik. O‘zgarishlar qildik va yoshlarni maydonga tushirdik.

"Oloy" bilan bahsning ikkinchi taymi nisbatan osonroq kechdi. Sababi, birinchi taymning o‘zida ko‘p vaziyatlar yaratdik va ikkinchi taymda 4 ta gol urdik. "Xo‘jand" esa o‘z maydonida o‘ynadi va "Oloy"dan biroz kuchli ekanligi ko‘rinib turdi. “Xo‘jand” o‘z chempionatining liderlaridan biri hisoblanadi.

Bu tarkib bilan "Nasaf" OFK kubogi finaliga etib bora oladimi? Xudo xohlasa guruhdan chiqsak tarkibimizni biroz kuchaytirishimiz kerak. Milliy chempionatimiz va kubokda ham yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz. Yuqori maqsadlar uchun faqat bitta tarkib bilan harakat qilish qiyin bo‘ladi. OFK kubogida ham uzoqqa borishni xohlaymiz. Buning uchun yozda tarkibimizni kuchaytirishimiz kerak. Bu borada rahbariyat bilan gaplashib olganmiz.

"Oltin Asr"ning kuchli tomonlarin? Kuchli tomoni - raqibning tajribali futbolchilari ko‘pligi. Tarkibda Turkmaniston milliy terma jamoasi a’zolari bor", - dedi Ro‘ziqul Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!