OFK kubogi. "So‘g‘diyona" "Xo‘jand"ni yirik hisobda taslim etib keyingi bosqichga yo‘l oldi
“So‘g‘diyona” OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalida maydonga tushdi. Ulug‘bek Baqoev shogirdlariga ushbu bosqichda Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi raqiblik qildi.
Mazkur bellashuvda mehmonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jasur Hasanov ikki bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Shoxruz Norxonov va Javohir Qahramonov bittadan gol urdi.
"Bo‘rilar" navbatdagi bosqichda Gongkongning "Istern" klubini Jizzahda qabul qiladi.
Fikrlar