
OFK mutaxassislari “Bunyodkor”da bo‘lishdi
Osiyo futbol konfederatsiyasi mutaxassislari “Bunyodkor” futbol klubi va stadioniga tashrif buyurishdi.
Asli evropalik bo‘lgan mutaxassislarning yurtimizga, qolaversa klubimizga tashrifi xorij tajribasini yurtimiz klublariga qo‘llash va uni tadbiq etish borasida kerakli ko‘rsatma va maslahatlar berishdir.
Esingizda bo‘lsa, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan uchrashuv chog‘ida OFKning etuk mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning tajribalaridan foydalanish borasida kelishuvga erishgandi.
Shu kelishuv asosida “Bunyodkor” futbol klubi va stadioniga OFK mutaxassislari Joern Shlim va Marsel Isakovich tashrif buyurishdi. Mutaxassislar Osiyo klublari faoliyatini o‘rganib, ularga xorij tajribasini qo‘llagan holda klublarning salohiyatini yanada oshirishga o‘z ko‘maklarini berishmoqda.
OFKning evropalik mutaxassislari “Bunyodkor”ning litsenziyalash borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishib, amaliy maslahatlarini berishdi.
Fikrlar