
OFKning yutuqli so‘rovnomasida ishtirok eting va"Orzular jamoasi"da terma jamoamiz futbolchilariga ovoz bering!
OFK Osiyo saralashining uchinchi bosqichidan so‘ng oltita mamlakat 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. OFK saralashda ajjoyib o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan "Orzular jamoasi"ni yaratadi.
JCh-2026 saralashi doirasidagi "Orzular jamoasi" tanlovida futbol ishqibozlari saralash bosqichidagi sevimli 11 nafar futbolchilarini tanlash va turnir haqidagi bilimlarini sinash uchun qo‘shimcha savolga javob berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu so‘rovnomadan 4 nafar terma jamoamiz futbolchilari joy olgan. Ular O‘tkir Yusupov, Abduqodir Husanov, Otabek Shukurov va Abbosbek Fayzullaev.
"Orzular jamoasi" so‘rovnomasida qanday ishtirok etish mumkin?
Muxlislar ushbu so‘rovnoma https://the-afc.com/asianqualifiers_dreamxi sahifasiga kirib yoki "AFC LIVE" ilovasini yuklab, kerakli ma’lumotlarni to‘ldirib ro‘yxatdan o‘tgan holda ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tgach, ishtirokchilarga saralashda yorqin o‘yin ko‘rsatgan 41 nafar futbolchidan iborat ro‘yxat taqdim etiladi. Ular orasidan 11 kishilik jamoani tuzish uchun bitta darvozabon, uchta himoyachi, to‘rtta yarim himoyachi va uchta hujumchini tanlash kerak bo‘ladi.
Muxlislar tanlovda 4 iyulga qadar ishtirok etishlari mumkin.
Muxlislar so‘rovnomada ishtirok etgan holda sovg‘a ham qo‘lga kiritishlari mumkin!
OFK tomonidan belgilangan "Orzular jamoasi"ga eng yaqin tarkibni tanlagan va qo‘shimcha savolga to‘g‘ri javob bergan 10 nafar ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi.
Teng ball to‘plangan taqdirda, eng avval ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi va 10 nafar g‘olibning har biri 200 AQSh dollari qiymatidagi sovg‘a kartasini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar