Og‘ir atletika. Bekzod G‘ofirjonov delegatsiyamiz hisobiga 2 ta bronza va 1 ta kumush medalni qo‘shib qo‘ydi!
Hozirgina o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida bahslar o‘z yakuniga etdi.
Quvonarlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz Bekzod G‘ofirjonov dast ko‘tarishda 141 kg natija bilan bronza, siltab ko‘tarishda 183 kg natija bilan kumush hamda ikkikurashda 324 kg natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar