Og‘ir atletika. Chirchiqda yosh polvonlar o‘zaro bellashadi!

19-25 oktyabr kunlari Chirchiq shahrida o‘smirlar (U17) va kichik o‘smirlar (U15) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi, shuningdek, Sport ustasi "Tursinboy Abdumalikov" xalqaro xotira turniri va Sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu musobaqalarda 30 ta jamoadan 700 nafarga yaqin o‘gir atletikachi ishtirok etishi kutilmoqda. Qayd etish lozimki, bu ishtirokchilar soni bo‘yicha milliy musobaqalardagi rekord ko‘rsatgich hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!