Og‘ir atletika. Erkaklar terma jamoamiz xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga yo‘l oldi

Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionatiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan ushbu nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun Boku shahriga jo‘nab ketdi.

Ozarbayjondagi yig‘in 4 fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

O‘z navbatida, ayollar terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni Chirchiqda davom ettirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!