Og‘ir atletika. Terma jamoamiz “Fajr Cup” xalqaro turnirida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Eron poytaxti Tehronda o‘tkazilgan oltinchi “Fajr Cup” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga etdi.
Eron poytaxti Tehronda o‘tkazilgan oltinchi “Fajr Cup” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga etdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, 5 ta oltin, 8 ta kumush hamda 2 ta bronza – jami 15 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, terma jamoamiz umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning maxsus kuboklarini tantanali ravishda qo‘lga oldi.
–65 kg — Diyorbek Odilov: 3 ta kumush
–71 kg — Husinboy Matrasulov: 3 ta kumush
–79 kg — Hayitboy Abdushukurov: 1 ta oltin, 2 ta bronza
–88 kg — Bekzod Gofurjonov: 1 ta oltin, 2 ta kumush
–94 kg — Muhammadqodir Toshtemirov: 3 ta oltin
Murabbiylar: Jurabek Zairov, Abror Tojimirzaev
Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Izohlar (0)