Og‘ir atletika. Yana 2 nafar vakilimiz Turkiyadagi turnirda shoxsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Turkiyaning Antalya shahrida og‘ir atletika bo‘yicha 3 karra Olimpiada chempioni Naim Sulaymono‘g‘lu xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakuniga etdi.

Tecno

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning oxirgi kunida Rigina Adashboeva (-87 kg) hamda Tursunoy Jabborova (+87) shohsupaga ko‘tarilishdi.

Rigina Adashboeva dast ko‘tarishda 98 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishdagi 121 kg va ikki kurashdagi 219 kg unga mazkur yo‘nalishlarda bronza medallarni taqdim qildi.

Tursunoy Jabborova eng yuqori vazn toifasida tengsiz ekanini yana bir karra isbotladi. Qashqadaryolik sportchimiz musobaqani 239 (108+131) kg bilan mutlaq chempion sifatida yakunladi.

Musobaqa yakunida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Nigora Abdullaeva esa ayollar o‘rtasidagi eng yaxshi sportchi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!