Og‘ir atletikachilarimiz qit’a chempionatida yana bir bronza medaliga ega chiqdi
Toshkentda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medal rasmiylashtirildi.
O'smirlari o'rtasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Azizbek Dadajonov bronza medali sohibiga aylandi. Hamyurtimiz siltab ko'tarish mashqida 134 kg bilan shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar