Ogohlik qo‘ng‘irog‘i - Covid-19 futbolchilarni ham "zabt" etyapti! Chempionatni to‘xtatish kerakmi yoki yo‘qmi?

  • 19.07.2020 20:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yurtimizdagi hozirgi vaziyatni barcha yaxshi tushunib turibdi. Covid-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlangani sababli odamlar orasida kasallanish holatlari ko‘payib boryapti. Bunday ko‘rinmas ajalga qarshi kurashish va uni bartaraf etish yuzasidan esa hukumat tomonidan belgilangan tartibda ishlar olib borilyapti. Lekin koronavirus yo‘lida duch kelgan insonga yuqib ketaveradi. Shu sababli ham har bir inson o‘zi, oilasi va yaqinlarini ehtiyot qilishi, imkon qadar uydan chiqmasligi tavsiya etilmoqda. Lekin oxirgi paytlarda covid-19 pandemiyasi futbolga ham kirib boryapti.

Yaxshi bilasiz, bunga qadar deyarli uch oy davomida chempionatimizda majburiy tanaffus e’lon qilingandi. Keyinchalik, aniqrog‘i yurtimizdagi vaziyat biroz yaxshilangandek ko‘ringani tufayli chempionatimizning davom ettirilishga yana ruxsat berildi. O‘yinlarning muxlislarsiz o‘tishi eng to‘g‘ri qaror edi. Mana, natijada hammasi bo‘lib 9 ta turni ham o‘tkazib oldik. Bir qarashda chempionatimizda hammasi rejadagidek ketayotganga o‘xshaydi. Lekin oxirgi paytlarda yuz berayotgan holatlar esa kishini yana o‘ylantirib qo‘yadi.

Masalan, 8-turdan o‘rin olgan “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvi qoldirildi. Bunga sabab esa “Bunyodkor” futbolchisida koronavirus aniqlandi. Keyin esa “Surxon” o‘yinchisida ham rasman koronavirus borligi tasdiqlandi. Natijada hozirgi paytda navbatdagi turda “Surxon” – “Navbahor” bahsining o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi so‘roq ostida qolmoqda. Shuningdek, “Paxtakor”ning besh nafar futbolchisida ham virus borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, “Buxoro”ning ayrim o‘yinchilarida ham temperatura ko‘tarilish holatlari yuz bergan va ular ham test topshirishgan. Qolavesa, pro-ligada “Xorazm” va “Dinamo” o‘yini ham qoldirilgandi. Bunga sabab ham jamoa a’zolarida tana haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Bunday holatlar esa ogohlik qo‘ng‘irog‘i kabi jaranglayapti. O‘sha futbolchilarda virus aniqlandimi, demak, qolgan jamoadoshlarida ham uning asoratlari sezilishining ehtimoli yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Agar shu ketishda bo‘lsa, Superligamizning taqdiri nima bo‘ladi? PFL yana to‘xtatishga majbur bo‘ladimi? Har qanday vaziyatda ham inson sog‘ligi birinchi o‘rinda turadi, buni hech kim unutgani yo‘q. Borgan sari futbolchilarda ham koronavirus yuqtirib olish holatlari aniqlashib borgani sayin bu hol jamoadoshlari va boshqalarning ham xayotiga xavf solishi mumkin. To‘g‘ri, barcha klublarimiz ko‘rsatilayotgan sanitariya-gigiena qoidalariga so‘zsiz amal qilgan holda ishlamoqdalar. Bunga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Biroq ko‘rib turibmizki, shunda ham baribir koronavirus alomati futbolchilarda sezilib qolyapti. Agar chempionatimiz yana to‘xtatib qo‘yilsa, nima bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Madomiki, vaziyat shunga qarab ketayotgan bo‘lsa va chempionatimiz davom ettirilmagan taqdirda terma jamoalarimiz uchun ham ziyonga ishlaydi.

Masalan, sentyabr oyida Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini rejalashtirgan. Oktyabr va noyabr oyilarida esa jahon chempionati saralash bosqichining qoldirilgan o‘yinlari bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, oktyabrda yurtimizda U-19 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. “Paxtakor” esa Osiyo Chempionlar ligasi guruh bahslarini yakunlash uchun markazlashgan holda boshqa mamlakatda o‘z o‘yinlarini o‘tkazishi kerak. Xullas, oldimizda jiddiy o‘yinlar va musobaqalar kutmoqda. Mabodo, vaziyat taqozosi tufayli Superliga yana to‘xtatiladigan bo‘lsa, bu terma jamoalarimiz va “Paxtakor”ga qanchalik ta’sir qilishini tushunib turgandirsiz. To‘g‘ri, uyda o‘tirib olib, unday qilish kerak yo bunday qilish kerak, deb aql o‘rgatishdan osoni yo‘q. Shunday ekan, hozirgi vaziyatda PFLdagilarning ham holatini to‘g‘ri tushunish darkor. Ular imkoni qadar eng maqbul yo‘ldan borishlariga hamda maksimal darajada chempionatni saqlab qolishga urinayotganliklari shubhasiz. Aytmoqchimizki, vaziyat taqozosi tufayli yurtimizda yana futbol bellashuvlari to‘xtatilsa, unda keyin qachon tiklasa bo‘ladi? U yog‘i nima bo‘ladi? Mana shunisi jiddiy o‘ylantiradigan muammo.

Yaqinda PFL uchta tur uchrashuvlarini markazlashgan holda Toshkentda o‘tkazish taklifini o‘rtaga tashlagandi. Lekin bilishimizcha viloyat klublari bunga qarshi chiqqanlar. Buning ustiga hozirgi paytda Toshkentda eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilayotgan bir vaziyatda balki o‘yinlarni markazlashgan holda o‘tkazilmasligi to‘g‘ri qarordir. PFL esa endi rejalarni turma-tur, kunma-kun tuzib borayotgani ham hozirgi vaziyat taqozosidir. Chunki bunday jarayonda uzoqni ko‘zlagan holda yillik rejalarni ishlab chiqishi ham hozirgi vaziyatga zid. Negaki, kutilmaganda hammasi o‘zgarib ketayotganini o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz. Futbolimiz rahbariyati esa hozirgi holatdan kelib chiqqan holda eng to‘g‘ri yo‘ldan borishlariga ishonamiz. Agar to‘xtatsak yana bir muammo, to‘xtatmasa ham yana bir muammo...Bundan paytda ko‘pchilik mutaxassislarning fikri va maslahatlarini eshitish hamda shunga qarab vaziyatdan chiqish yo‘lini izlab topish darkor. Lekin tushunamiz, hozirgi sharoitda hech kimga oson tutib bo‘lmaydi. Shu sababli agarda chempionatni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan taqdirda ham bundan fojea yasab, tanqid qilish o‘rinsiz, menimcha.

Hali navbatdagi turdagi barcha o‘yinlarning o‘z vaqtida o‘tishi ham so‘roq ostida. Masalan, “Paxtakor”ning AGMK bilan o‘yindan beri hali mashg‘ulot o‘tkazmayotgani oydinlashdi, ustiga-ustak besh nafar futbolchisi izolyatsiga olindi. Demakki, “Paxtakor” ishtirokidagi o‘yin o‘z-o‘zidan qoldirilishining ehtimol yuqori. Biroq hozircha PFL bu borada rasmiy bayonot bergai yo‘q. Agar vaziyat shunday davom etsa, u holda boshqa o‘yinlarning ham bekor qilish ehtimoli ortadi. Hozirda barcha klublar covid-19 uchun test topshirayotganlari haqida eshityapmiz. Bir so‘z bilan aytganda, hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda PFLning har qanday qarorini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz esa Yaratgandan ushbu baloning tezroq daf bo‘lishini so‘rab duodamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
20/07/2020 10:54
Бечора Пахтакор пахтани куйа агмк билан уйиндан бери шугурланмабди 5 изоляция экан бошка каманда булганда Сочи Ростов буларди
Javlon Abdullaev
20/07/2020 09:44
Paxtanga ske paxta uynolmasa tuxtatish kerakmi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/07/2020 21:48
Uzi boshlangan vaqt tuhtatish hato edi. u vaqt bunchalik emas edi shunchaki. chempionatni tuhtatmasdan. muhlislarsiz utkazish kerak edi. u vaqt haqlni ichiga kam edi. endi bulsa aholini ichiga kerdi. butin boshli Daflat uzi har bitta oiladan boshlanadi hamma uzini uzi karantinga olsa uzini uzi himoya qilsa. bunchalik kupaymas edi. oddiy misol kuzi bor qulogi bor burni bor miyasi ishlap turgan. kishila bazm tugulgan kunla qilishdi keyin nima buldi. oddiy haql ota onasi bola chaqasi quni qushnisidan. uzoqqa bir ikki yil tuzuk ovqat emay ishlaganda. nimaga shu tuy tugulgan kun bazm ayishi ishrat qilganla. jidap turolmaydimi. Daflat iloji yuq narsani talab qilmadiki. uyga utir. iloji bulsa kuchaga chiqma. uyga. utirib. sport bilan shugullansin. bola chaqasini dars qildersin. buldi. uylap qolaman. shu kasal bulgan odam sogayib chiqib ketganidan keyin ham qanday yashaydi. chunki fijdoni qiynaladi kimgader yoqtergan bulsa. duhterlani militsalari ha tushunsa buladi. qolganla. uzini uzi karantinga olsa buladiki. choyhona nima bor sanga. uyinga gusht marojni olib kel. ana sanga choyhona. Yashil hudud deyilganidan hamma choyhonala kuchala odam bosdi. yoki tuyla. 30 kishi deyapti. 200 kishilik qildi oddiy qushnilarimiz. qisqasi. shuncha kurgulil kamday ayrim halqimiz uz nafsi uchun. uzgalarni ham zarar etkazdi.
&
20/07/2020 07:10
Киска килиб бойвачча миллионер миллардерлар деб куяваеринг