OKMK 3 nafar futbolchi bilan kelishuvni uzaytirdi
OKMK klubi uch nafar futbolchi bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Konchilar" jamoasi asosiy tarkibni saqlab qolish strategiyasini izchil davom ettirmoqda. Tartibli oʻyini va ishonchli harakatlari bilan ajralib turuvchi futbolchilar — Saydafzalxon Ahrorov, Ahmadullo Mukimjonov hamda Asror Otaxonov bilan kelishuv muddati uzaytirildi.
Yangi bitimga koʻra, mazkur futbolchilar 2028 yil yakuniga qadar OKMK sharafini himoya qilishda davom etadi.
"Klubimiz sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchilarimizga yangi mavsumda ulkan zafarlar va yuqori samaradorlik yor boʻlishiga ishonch bildiramiz", — deyiladi olmalikliklar bayonotida.
Fikrlar