
OKMK bilan bir guruhdan joy olgan "Sepahon" durang o‘ynadi
Osiyo chempionlar ligasi "C" guruhidan o‘rin olgan "Eyr-Fors" - "Sepahon" bahsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda 2:2 natijasi qayd etilib, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Dastlab, Jassim hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Daneshgar imkoniyatlarni tenglashtirdi. 67-daqiqada Gorbani mehmonlarni oldinga olib chiqqandi. Ammo 88-daqiqada Jassim ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu durangdan so‘ng "Eyr Fors" 2, "Sepahon" esa 3-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar