OKMK darvozaboni jamoani tark etdi
OKMK o‘z darvozaboni bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"OKMK FK jamoasi va iqtidorli darvozabon Humoyunshoh Sayyotov o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.
2025 yil boshidan buyon jamoamiz safida faoliyat yuritib kelayotgan Humoyunshoh Sayyotov shu kunga qadar OKMK FK tarkibida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta bahsda o‘z darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, sobiq darvozabonimiz OKMK U-21 jamoasida ham 8 ta o‘yinda ishtirok etib, muhim g‘alabalarga hissasini qo‘shdi.
Klubimiz Humoyunshoh Sayyotovga kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi. Biz uning muvaffaqiyatlarini har doim kuzatib boramiz va kelajakdagi faoliyati doimo porloq bo‘lishiga ishonamiz!", — deyiladi olmaliqliklar bayonotida.
Fikrlar