OKMK navbatdagi transferni e’lon qildi (foto)
OKMK bo‘lajak mavsum oldidan navbatdagi transferini e’lon qiladi!
"Lokomotiv" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Ali Abdurahmonov 2003 yil 19 noyabr kuni tavallud topgan. Maydondagi joylashuvi markaziy hujumchi. Faoliyati davomida "temiryo‘lchilar" safida umumiy 31 o‘yinda maydonda harakatlanib, 6 ta gol va 2 golli uzatmani amalga oshirgan. Yosh iqtidorli futbolchi yangi mavsumdan e’tiboran olmaliqliklar safida harakat qiladi. OKMK va futbolchi o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

Fikrlar