
OKMK so‘nggi nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi
Kecha, 27 iyul kuni OKMK Superliga ikkinchi davrasi oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini "Mash’al" klubiga qarshi o‘tkazdi.
Yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan bellashuvda "konchilar" raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Dastlab muborakliklar 3-daqiqada hisobni ochishga erishgan bo‘lsa, bunga javoban hozirda OKMK tarkibida ko‘rikda bo‘lib turgan Kleydi Datsi 43 va 86-daqiqalarda "Mash’al" darvozasiga gol urib, olmaliqliklar g‘alabasini ta’minladi.
Eslatib o‘tamiz, "konchilar" Superliga doirasida 3 avgust kuni Andijonga safar uyushtirib, "Andijon" klubi mehmoni bo‘ladi.
OKMK matbuot xizmati.
Fikrlar