OKMK Turkiyadagi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi, gruziyalik legionerdan gol
Yangi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi OKMK Turkiya yig‘ini doirasidagi oxirgi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Moldovaning "Petrokub" klubiga qarshi kechgan bellashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Olmaliqliklar tarkibidagi yagona gol gruziyalik yarim himoyachi Irakli Ruhadze tomonidan kiritildi.
Endi OKMK Toshkentga qaytib keladi va bir necha kundan so‘ng yig‘in yurtimizda davom ettiriladi. O‘zbek futboliga oid barcha yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!

Fikrlar