“Oktagon 54” turniri super ko‘rinish oladi. O‘zbekiston jamoasi Qozog‘istonga qarshi!

  • 17 dekabr, 2023, 12:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

19 yanvar kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Oktagon 54” turniri tashkil etiladi. Bu turnir qolganlaridan farqli ravishda juda qiziqarli o‘tishi kutilyapti. Sababi, ushbu kechada O‘zbekiston hamda Qozog‘iston vakillari o‘zaro to‘qnash keladi.

Jumladan, markaziy jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasi chempionligi uchun yurtdoshimiz Shohasan Mirzamatov(11-3) liganing amaldagi chempioni qozog‘istonlik Gergiy Kichiginga (29-10) qarshi bahs yuritadi.

Qolgan janglarda quyidagi vakillarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Mironshox Jafarov (5-1, O‘zbekiston) - Karim Ruzbakiev (9-2, Qozog‘iston)

Ibragim Shaymanov (5-5, O‘zbekiston) - Adilbek Kairgali (6-3, Qozog‘iston)

Suxrobbek Atajanov (5-1, O‘zbekiston) - Rysbek Baydullaev (2-2, Qozog‘iston)

Parviz Nasrullaev (3-0, O‘zbekiston) -Timur Kuanysh (3-0, Qozog‘iston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!