"Oktagon 56" turnirida o‘zbekistonlik belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni jang qiladi
10 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Oktagon 56” turniri o‘tkaziladi. Mazkur jang oqshomida bir qator o‘zbekistonlik sportchilar ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Ikki markaziy jang ham yurtdoshlarimiz ishtirokida o‘tishi haqida xabar bergan edik.
Hozirga kelib, yana bir vakilimiz Azizbek Mirkomilov shogirdi Mavlonbek Mirkomilov ham oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi. Unga qozog‘istonlik anchagina jiddiy raqib Sayat Abduali raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Sayat Abduali 4 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Mirkomilovning rekordi esa 4-2-1 ko‘rinish olgan.



Fikrlar