"Oktagon 59" turnirida jang qiladigan o‘zbekistonliklar va ularning raqiblari ma’lum!

  • 25.05.2024 13:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

23 iyun kuni Qozog‘istonning Almati shahrida "Oktagon 59" turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida bir qator yurtdoshlarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida Shohasan Mirzamatov (12-3) qozog‘istonlik Mahir Mamedovga(19-3) qarshi, Suhrobbek Otajonov (6-1) braziliyalik Klaudechi Brito (9-3) bilan o‘ziga xos jangda oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, Sardor Xudoyberdiev (7-2) qirg‘izistonlik Murtazali Magomedov (7-0) bilan bahs yuritsa, Ramziddin Omonov (5-3) qozog‘istonlik mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Timur Kuanish (4-0) bilan jang qiladi. Hozircha ushbu qarama-qarshiliklar ma’lum. Jang qiladigan o‘zbekistonliklar soni yana oshishi mumkin. 
Mazkur muhim janglarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!