Oladigan bormi? “Real” yulduziga narx belgiladi

  • 21.02.2026 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatida peshqadamlikni qo‘lga olgan Madriddning “Real” klubi yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Eduardu Kamavingani sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.

Fichajes nashri ma'lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qilsa-da, mavsum tugagandan keyin yarim himoyachining jamoadan ketishini istisno qilmayapti.

Shu bilan birga, “Real” futbolchining transferi uchun ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lgan aniq summani ham belgilagan — 75 million yevro.

“Qirollik klubi”da Kamavinganing ketishi kelasi yozdagi eng muhim sotuvlardan biri bo‘lishi mumkinligini tushunishmoqda va tushadigan mablag‘ jamoa tarkibini qayta qurishni qisman moliyalashtirishga yordam beradi.

Ehtimoliy xaridorlar orasida “Manchester Yunayted” tilga olinmoqda, chunki klub 23 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Bundan tashqari, Kamavingaga Yevropa top-klublarining yana bir nechtasi ham qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar bor.

Eduardu Kamavinga “Real”ga 2021 yilda o‘tgan, ammo haligacha asosiy tarkibda doimiy futbolchi sifatida mustahkam o‘rin egallay olmagan. Joriy mavsumda u La Ligada faqat 10 ta o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan.

Transfermarkt portali markaziy yarim himoyachining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!