Oladigan bormi? Superfutbolchi 140 million evroga baholandi

  • 8 dekabr, 2022, 18:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” o‘z tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi – Joau Feliksni sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Madridliklar 2019 yili portugaliyalik o‘yinchini “Benfika”dan 127 million evroga xarid qilgandi.

Endi 23 yoshli hujumkor futbolchi uchun Diego Simeone jamoasi 140 million evro talab qilmoqda. Bu haqda Relevo nashri xabar tarqatdi.

Joau Feliksning o‘zi faoliyatini “Ateltiko”dan qudratliroq klubda davom ettirishni ko‘zlayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, hujumchiga PSJ, “Arsenal”, “Bavariya” va “Chelsi”dan qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!