
Oleg Zoteev boshqa klubda to‘p suradi
Janubiy Koreya chempionatida o‘tgan mavsumni yuqori notada tugatgan legionerimiz Oleg Zoteev “Chonnam “Dragons”ni tark etgani ma’lum bo‘ldi. Bu xususida klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Unda yozilishicha, jamoadagi 9 nafar futbolchining shartnomalari 2021 yil 31 dekabr kuni nihoyasiga etgan. Shu sababli tomonlar o‘zaro do‘stona munosabatda xayrlashishgan. “Chonnam Dragons” klubdan ketgan barcha o‘yinchilar qatori Zoteevga ham samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan.
Oleg ushbu klub safida 2020 va 2021 yilgi mavsumlarni o‘tkazdi va o‘tgan yili Janubiy Koreya Kubogini qo‘lga kiritilishida hamyurtimiz finaldagi goli bilan katta yordam berdi.
Futbolchi yaqinda Sports.uz saytiga bergan intervyusida oldida to‘rtta qiziqarli taklif borligi haqida aytgan. Shunday ekan, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar