
Olimjon Nazarov hamda Abdurasul Ismoilovning navbatdagi jang sanasi va raqiblari ma’lum!
13 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Cocky Buffalo promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etiladi. Ma’lumki ushbu promouterlik kompaniyasi bilan bir nechta bokschilarimiz hamkorlik qiladi.
Aynan ushbu kechada ham ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. 50,8 kg vaznda WBO Oriental chempionlik kamrai sohibi Olimjon Nazarov (28-5,15 KO)ushbu titulini xitoylik Vulan Tulexazidan (15-5-2,7KO) himoya qilsa, super engil vazn (63,5 kg) toifasida Abdurasul Ismoilov (10-2,6 KO) Liu Veyvey(4g‘2,2 KO) bilan to‘qnash keladi.
Ushbu muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar