Olimpiadada bronza medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchilarimiz qanday avtomobil bilan taqdirlandi?

  • 24.09.2024 14:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat

Xabar berganimizdek, Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan erkaklar terma jamoamiz Hindiston va AQShdan so‘ng 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bugun sovrindor bo‘lgan shaxmatchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Bronza medallarni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston erkaklar jamoasi a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida katta tantana bilan kutib olindi va ular “Prezident sovg‘asi” sifatida BYD Chazor avtomobillari hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!