"Olimpik" "Surxon" darvozasiga 5 ta gol urdi

  • 9 sentabr, 2024, 22:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Olimpik" jamoa bugun Qibrayda “Surxon«ga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin 5:1 hisobida "Olimpik"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv 30 daqiqalikdan 4 ta taym formatida o‘tkazildi. "Olimpik" tarkibida gollarga Nodirbek Abdixoliqov, Akbar O‘ktamov, Sunnatilla Abdullajonov, Oybek O‘rmonjonov va Muhsin Bozorov mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi
Qibray, 9 sentyabr.
"Surxon" - "Olimpik" - 1:5
Gollar: Jahongir Abdusalomov, 18 - Nodirbek Abdixoliqov, 9. Akbar O‘ktamov, 28. Sunnatilla Abdullajonov,  55-pen. Oybek O‘rmonjonov, 88. Muhsin Bozorov, 118.

"Olimpik": Shukron Yuldashev, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Akbar Abdirasulov, Shahzod Toirov, Maqsud A’loxo‘jaev, Nodir Abdixoliqov, Muhammadaziz Ibrohimov, Farruh Muxtorov, Sunnatilla Abdullajonov, Akbar O‘ktamov, Abdulaziz Abdusalomov.

Zaxiradan tushganlar: Edem Nemanov, Jahongir Bo‘riev, Ulug‘bek Sharipov, Rustam Jahonov, Sherzod Komilov, Jaloliddin Sodiqov, Rian Islamov, Temur Tulegenov, Oybek O‘rmonjonov, Anvar Alijonov, Muhsin Bozorov, Obloyor Rahmatov.

"Olimpik" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!