
"Olimpik" ustozi: "Mashg‘ulot va haqiqiy o‘yinning farqi bor"
Pro ligada 9-turga start berildi. Mirko Elichich bosh murabbiylik qilayotgan "Olimpik" klubi bu safar o‘z maydonida Nukusning "Aral" jamoasini qabul qildi.
Ma’lumki, tarkibi ancha yoshartirilgan "Olimpik" oxirgi paytlarda ijobiy natijalar qayd eta olmayapti va bu holat ushbu turda ham davom etdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda mehmonlar yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. "Aral" g‘alabadan keyin ochkolariin 16 taga etkazib, vaqtincha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Natijada "Olimpik" chempionatda 6-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Mazkur bellashuvdan so‘ng "Olimpik" jamoasi ustozi Mirko Elichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘yin qiyin o‘tdi. Biz yaxshi futbol o‘ynadik va menga bu yoqdi. Jamoamiz yoshlardan iborat ekanligini inobatga olsak, bizning asosiy vazifamiz ham shunday.
O‘ylashimcha, yigitlar o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishdi. Raqib safida yoshi katta, tajribali futbolchilar bor edi. Ularga qarshi o‘ynash qiyin. Lekin o‘yin borasida biz bugun yaxshiroq edik.
- So‘nggi o‘yinlarda jamoa ko‘plab vaziyatlar yaratayotgan bo‘lsa-da, ularni golga aylantira olmayapti. Bu nima bilan bog‘liq? Yigitlarning yosh va tajribasizligi bilanmi?
- Bizning oldinda o‘ynaydigan futbolchilarimizning deyarli barchasi 2007 yilgi futbolchilar - Mubarakovdan tashqari. U o‘z vaqtida, turli yosh toifalarida gollar urib yurardi. Bunday tajribali va jismonan kuchliroq futbolchilarga qarshi o‘ynaganingda esa barchasi qiyin bo‘ladi. Biz mashg‘ulotlarda bu borada ishlayapmiz. Lekin mashg‘ulot va haqiqiy o‘yinning farqi bor", - dedi Mirko Elichich.
Fikrlar