Asosiy mazmunga oʻtish

Olise afsonaviy Pelening rekordini yo‘qqa chiqarmoqda

Frantsiya milliy terma jamoasi hujumchisi Maykl Olise jahon chempionatlari tarixida afsonaviy braziliyalik forvard Pele ko‘rsatkichiga yaqinlashmoqda.

24 yoshli futbolchi Shvetsiyaga qarshi o‘tkazilgan 1/16 final bahsida ikki golli pas muallifiga aylandi. Uchrashuv fransuzlar foydasiga 3:0 hisobida yakunlandi. 

Shu bilan vingerning joriy jahon chempionatidagi assistlari soni beshtaga yetdi. Statistkaga ixtisoslashgan Opta Sport portali ma’lumotiga ko‘ra, 1966 yildan, ya’ni golli uzatmalar alohida hisoblana boshlanganidan beri bir chempionat doirasida bundan yaxshiroq natijaga faqat Pele erishgan. Futbol qiroli 1970 yildagi mundialda olti bor golli pas bergan.

Frantsiya terma jamoasining navbatdagi raqibi — Paragvay. JCh 1/8 final doirasidagi ushbu bahs 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q