Oliver Glasner "Manchester Yunayted" foydasiga belgilangan penaltiidan norozli ekanligini aytdi

  • 02.03.2026 22:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Kristal Pэlas" bosh murabbiyi Oliver Glasner Angliya Premier-ligasining 28-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda (1:2) tayinlangan penaltiга norozilik bildirdi.

52-daqiqada "Kristal Pэlas" himoyachisi Maksans Lakrua jarima maydoni chizig'i yaqinida Mateus Kunyani ushlab qoldi va hujumchi maydonga yiqildi. Bosh hakam Kris Kavana penalti belgiladi va Lakruaga qizil kartochka ko'rsatdi. Brunu Fernandes 11 metrlik jarimani aniq amalga oshirdi.

"Baholash kerak bo'lgan bir nechta vaziyatlar bor, ammo baribir bu noto'g'ri qaror, deb o'ylayman.

Bu penalti emas. Ehtimol, jarima maydoni tashqarisidagi qoidabuzarlik uchun qizil kartochka bo'lishi mumkin edi. Chunki qoidabuzarlik jarima maydonidan tashqarida boshlangan.

Balkim, bu “Old Trafford bonusi”dir", — dedi Glasner.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!