Oliver Kan : "U yozda "Bavariya"ni tark etadi".

  • 26 yanvar, 2022, 18:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" markaziy himoyachisi Niklas Zyule mavsum yakuniga etgach, jamoani tark etadi. Bu haqda klub boshqaruv raisi Oliver Kan xabar berdi.

Tecno

"Muzokaralar uzoq davom etdi. Biz unga etarlicha takliflar berdik. Biroq Niklas ularni qabul qilmadi.

U jamoani tark etishni istayotganini bilib turibmiz va biz uning qarorini hurmat qilamiz. Kelgusi faoliyatingga omad tilayman, Nik", - deydi afsonaviy darvozabon.

Eslatib o‘tamiz, nemis futbolchisiga ayni paytda "Barselona", "Chelsi" va "Tottenxem" kabi top klublar qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, "Transfermarkt" portalida Niklas Zyule 35 million evroga baholangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!