
Oliver Kan "Bavariya"dan ketadimi?
Oliver Kan "Bavariya" bosh direktori lavozimini tark etmasligini aytdi.
“Mening yagona maqsadim – mavsumni chempionlik unvoni bilan yakunlash. Keyin esa yangi mavsumda yana hujumga o‘tish!”, - dedi Kan.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" kecha Bundesliganing 29-turida safarda "Maynts"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Myunxenliklar ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng peshqadamlikni “Borussiya” Dortmundga topshirishdi. Ayni damda jamoalar orasidagi farq 1 ochkoni tashkil qilmoqda.
Fikrlar