
Olmaliqliklar "Paxtakor"ga qarshi o‘zaro o‘yinlarning 22 tasidan faqatgina 4 ta sida g‘alaba qozonishgan xolos
"Paxtakor" Superliganing 10-turida AGMK jamoasini qabul qiladi.
Olmaliq shahri jamoasiga qarshi "Paxtakor" chempionatlar tarixida 22 uchrashuvda maydonga tushgan. 16 bellashuv "sherlar" g‘alabasi bilan yakunlangan. 2 o‘yin durang bilan tugagan va olmaliqliklar 4 bor muvaffaqiyatga erishishgan.
Toshkentda AGMK bir marta, 2013 yil 2:1 hisobida zafar quchgan. O‘z maydonida "Paxtakor" jamoasi 8 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan.
"Paxtakor" olmaliqliklar darvozasini 33 bor ishg‘ol qilgan. Raqib esa 13 gol urishga erishgan. O‘zaro o‘yinlarda poytaxtliklar to‘purarlari Odil Ahmedov, Sherzodbek Karimov va Igor Sergeev sanaladi. Ular hisobida 5 tadan gol bor. Aleksandr Geynrix hamda Vladimir Kozak esa 2 martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan.
Jamoalar safida diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar yo‘q.
"Paxtakor" va AGMK o‘rtasidagi uchrashuv 26 may, yakshanba kuni 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Fikrlar