
"Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiev nimalar dedi?
OFK kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Oloy" (4:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yiini yomon boshlamadik. Vaziyatlar yaratdik, ammo golga aylantira olmadik balki, qaerdadir sovuqqonlik etishmadi. Birinchi goldan so‘ng xotirjam bo‘ldik va yirik g‘alabaga erishdik. Kelgusi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Futbolchilarda xayajon bor edi va bosim bilan harakat qilishdi. Tarkibda yosh futbolchilar ko‘p va ilk marta bunday musobaqada ishtirok etishyapti. Aynan shunday o‘yinlar orqali tajribamizni oshiramiz. Birinchi bo‘limda tezkor gol kiritganimizda, biz kutgan o‘yinni oldinroq namoyish etishimiz mumkin edi.
Noqulaylik tug‘dirgan narsa bu erda 3 kun mashg‘ulot o‘tkazgan bo‘lsak, uch kun ichida ob-havo uch xil bo‘ldi. Ikkin kun yomg‘ir yog‘di salqin bo‘ldi. Bugun esa quyosh chiqdi. Maydonning issiqligi ham o‘yin tempiga ta’sir ko‘rsatdi", - dedi Berdiev.
Fikrlar