
“Oltin to‘p” olishi kerak bo‘lgan futbolchilar
Leo Messi navbatdagi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi. Bu haqida tortishishdan foyda yo‘q. Leo jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishda davom etaveradi. Lekin shunday paytlar bo‘lganki, bu sovrin o‘zining haqiqiy egasi qolib boshqalarga nasib etgan.
Qancha yulduzlar bu sovringa erisha olmasdan qoldi. Pushkash, Dalglish, Xavi, Iniesta. 1995 yildan boshlab “Ronaldu va Messi” erasigacha bo‘lgan davrda “Oltin to‘p”ni ba’zi sabablarga ko‘ra ololmagan futbolchilar haqida gaplashamiz.
1995: Yari Litmanen (“Ayaks”)
1995 yilda nega “Oltin to‘p” Evropadan tashqaridagi futbolchilarga nasib etmaydi degan savol bo‘lgan edi. Nomzodlar ko‘p edi, masalan, Djorj Vea, o‘sha yili Chempionlar Ligasi to‘purari va Afrikada yil futbolchisi bo‘lgan edi. Uning hisobida Chempionlar Ligasida 7 ta gol bor edi. PSJ safida to‘p surardi.
Bo‘ldimi? Dunyoning eng yaxshisi bo‘lganmidi o‘shanda? Liga 1 da PSJ safida 34 ta o‘yinda 7 ta gol urgandi. O‘sha yili jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda yakunlagan edi mavsumni.
Frantsiya chempionatida oltin medullar uchun kurashishni o‘rniga bor kuchini Chempionlar ligasiga tashladi. Lekin “Milan”ga yutqazib turgandi. Italiyaliklar esa Lui Van Galning “Ayaks”iga mag‘lub bo‘lgan edi. “Ayaks” safida Letmanen bor edi. U barcha turnirlarda 26 ta gol urgan edi.
Ovoz berish jarayonida u 3-o‘rinni egalladi va “Oltin to‘p” nasib etmadi.
1999: Roy Kin (“Manchester Yunayted”)
1999 yilda Rivaldo “Oltin to‘p”ni yutgan edi. U haqiqatdan ajoyib mavsumni o‘tkazgandi, Primerada va Amerika Kubogida. Kumush to‘p Bekxemga nasib etgan bo‘lsa-da, uning jamoadoshi Roy Kin bu sovringa munosib edi.
O‘sha yili Kin jamoa bilan birga treblga erishgandi va jamoasining bir qancha muhim o‘yinlarida o‘zini ko‘rsata olgan edi. Kinsiz “MYu” Chempionlar Ligasi yarim finalida “Yuventus” to‘sig‘idan o‘ta olmasdi. Demak, final ham bo‘lmasdi.
Irland futbolchisining imkoniyatini o‘sha finalga qatnasha olmagani pasaytirib yubordi.
2000: Fernando Redondo (“Real”)
“Barsa”dan “Real”ga o‘tishi shov-shuvli bo‘lgan bo‘lsa-da Figu yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi. U haqiqatdan ham eng zo‘ri edimi? To‘g‘ri, u yaxshi futbolchi edi, ammo aynan o‘sha mavsumda u eng zo‘ri emasdi.
Evro-2000 da jamoasini yarim finalgacha olib bordi. Chempionatda esa “Deportivo”ga imkoniyatni boy berdi, Chempionlar Ligasida esa “Real” g‘alaba qozongandi. U payt Figu Madrid jamoasida emasdi.
O‘sha mavsumda “Qirollik klubi” sardori Fernando Redondo edi. Futbolchi UEFA versiyasiga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilingandi. Yana “Real”da ham yil futbolchisi bo‘lgan edi.
U “Real”ning dirijori edi. Lekin ovoz berishda negadir boshqa futbolchi tanlandi.
2001: Raul (“Real”)
Keyingi yilda esa juda katta muhokamali sovrin topshirilishi yuz beradi. “Oltin to‘p” Raulga emas, yosh Maykl Ouenga beriladi. O‘sha paytda Ouen “Liverpul” bilan birga mini-treblga erishgan edi. Angliya Kubogi, UEFA kubogi va Liga Kubogi.
O‘sha mavsumda Raul o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazgan edi. Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasi to‘purariga aylangandi. “Real” bilan birga Chempionlar ligasi yarim finaligacha borgan edi, 2001 yilda esa UEFA versiyasiga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan edi.
Ammo baribir sovrin unga nasib etmadi. Bu haqida Roberto Badjo gapirib o‘tdi: “Kim nima deyishidan qat’iy nazar Raul “Oltin to‘p” sohibi.” Fabio Kapello esa hakamlar qarorini tushunarsiz deya baholadi.
2004: Terri Anri (“Arsenal”)
2004 yilda futbol olamida g‘alati ishlar sodir bo‘ldi. “”Portu” Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, Gretsiya Evropa chempioniga aylandi, “Valensiya” Ispaniya chempionatida birinchi o‘rinni egalladi.
Lekin hammasidan ham ko‘ra, “Arsenal” e’tiborni tortdi. O‘sha mavsumda jamoa umuman mag‘lubiyatga uchramadi. O‘sha paytlarda jamoa etakchisi Terri Anri edi.
Frantsuz hujumchisi 2003/2004 yilgi mavsumda 30 ta gol urgan edi. Ammo Frantsiya finalga etib bormagani, “Arsenal”ning Chempionlar ligasidagi inqirozi unga xalaqit berdi.
Hakamlar “Milan”da o‘zini ko‘rsatgan Andrey Shevchenkoni tanlashdi.
Anrining o‘zi ham bu sovrin haqida o‘ylamayotganini gapirib o‘tdi. Lekin APLda umuman yutqazmagan, Frantsiyada yil futbolchisi bo‘lgan, futbolchilar va muxlislar ovoziga ko‘ra Angliyada yil futbolchisi, APLda “Oltin butsa”ni yutgan Anrining “Oltin to‘p”ni olmasligi hayratlanarli holat.
2006: Samuel Eto’o (“Barselona”)
2006 yilda hakamlar Jahon chempionatini yoddan chiqarishmadi, shuning uchun “Oltin to‘p” Italiya sardori Fabio Kannavaroga taqdim etilishi hayratlanarli voqea emas.
Kannavaro Frans Bekkenbauerdan keyin birinchi himoyachi edi bu sovrinni qo‘lga kiritgan. Lekin u 33 yoshda edi va yuqori darajadagi formani ushlab tura olmasdi.
Hamma qaysi italiyalikka bu sovrinni topshirish haqida bosh qotirayotgan bir paytda, eto‘o 6 o‘rinni egalladi. Ammo u o‘sha yili eng yaxshilardan edi. Ronaldino ikkalasi o‘shanda dunyo futbolidagi eng yaxshi hujum chizig‘ini tashkil etishgan edi.
Raykard jamoasi o‘shanda Chempionlar ligasida g‘alaba qozongandi. Finalda bitta gol urgan kamerunlik futbolchi UEFA so‘rovnomasiga ko‘ra yilning eng yaxshi hujumchisi bo‘lgan edi.
Sentabrda olgan jarohati tufayli 2007 yil yanvariga qadar maydonga tusha olmadi. Mana shu jarohat uning imkoniyatlarini pasaytirib yubordi.
2007: Franchesko Totti (“Roma”)
2007 yilda “Oltin to‘p”ni Kaka qo‘lga kiritdi. Mana shu sovrin Ronaldu va Messi erasidan oldin qo‘lga kiritilgan eng oxirgi “Oltin to‘p” ekanligi bilan ham yodda qolgan. Shundan so‘ng ketma-ket 10 yil davomida ikki gigant boshqalarga imkon berishmadi.
Chempionlar ligasini hisobga olmaganda, o‘sha mavsum Kaka uchun eng yaxshisi emasdi. Totti esa o‘shanda 50 o‘yinda 32 ta gol kiritib, A seriyaning to‘purariga aylanib “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgandi. Assistentlik borasida ham etakchilardan edi.
O‘sha yili Totti Italiyada yil futbolchisi bo‘lgan edi. Lekin Chempionlar ligasidagi chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatishi va Italiya terma jamoasidan ketishi uning imkoniyatlarini pasaytirib yubordi.
Fikrlar