
“Oltin to‘p” sohibi “Real” zaxirasida o‘tirishga rozi bo‘ldi
Luka Modrichning “Real” bilan shartnomasi yakunlanib bormoqda. Yoshi o‘tib borayotgan futbolchining boshlang‘ich tarkibga kirishi borgan sari murakkablashyapti.
Shunga qaramay, xorvatiyalik pleymeyker Madridda qolishga qaror qildi. Modrich kelasi mavsumda zaxira o‘yinchisi bo‘lishga rozilik berdi. Shunindek, asosiy tarkibga kirish uchun raqobatni to‘xtatmasligini ham bildirdi.
Modrichning bu tanloviga klub rahbariyati yozda Jud Bellingem transferini amalga oshirishga urinayotgani bilan bog‘liq.
37 yoshli Modrichdan farqli ravishda faxriy futbolchilardan Karim Benzema va Toni Kroos asosiy tarkibdagi joyi kafolatlanishini talab qilmoqda.
Fikrlar