
"Oltin to‘p" topshirish marosimida sodir bo‘layotgan g‘alati ishlar
Bir necha soatlardan so‘ng Parijda "Oltin to‘p" topshirish marosimi boshlanadi. Bugun ushbu sovrinni Vinisius qo‘lga kiritishi kutilgandi, lekin unday bo‘lmasligi ham mumkin.
Bugun "Real"dan hech kim bu marosimga tashrif buyurmaydi. Sababi, klub Vinisiusni "Oltin to‘p"ni ola olmasligini biladi, deya xabarlar tarqalmoqda.
"France Football" tomonidan taqdirlanadigan yilning eng yaxshi futbolchisi "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi a’zosi Rodriga nasib qilishi kutilmoqda.
Yarim himoyachi "shaharliklar" bilan APL va Ispaniya bilan "Evro-2024" kabi katta turnirlarda zafar quchdi.
Fikrlar