
"Oltin to‘p" topshirish marosimiga erta ketib qolgan Vinisius
La Liganing 11-turida "Real" "Barselona"ni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. "Sofa Sore" tomonidan eng past ball to‘plagan futbolchilar orasida tez orada "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish kutilayotgan Vinisius Junior ham bor.
Sheriklariga o‘yin davomida atigi 8 ta aniq pas bera olgan vinger bitta juda yaxshi imkoniyatni ko‘kka sovurdi. Ushb vaziyatda u Kilian Mbappega uzatma berishi ham mumkin edi.
Shuningdek, braziliyalik 5 ta urinishdan bitta muvaffaqiyatli dribling, 3 ta ofsayd va bitta sariq kartochka bilan jazolandi.
Bir necha kun oldin "Borussiya"ga qarshi o‘yinda 3 ta gol urib, Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi uchun kurashda Rafinyani enggan Vinisius "El-klasiko"da ham katta sahnaga chiqishi kutilgandi. Ammo bunday bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni "Oltin to‘p" topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi va katta ehtimol bilan ikki kunlik dam olishdan so‘ng Junior faoliyatidagi ilk marta mazkur titulni qo‘lga kiritadi.
Fikrlar