
"Oltin to‘p". Yil davomida nomzodlar o‘zgarib turdi, biroq u qoldi
Yanvar oyida Levandovski "Oltin to‘p"ga da’vogar edi. Chempionlar ligasidan so‘ng Kante bunga loyiq, deb aytildi. Evrodan keyin hamma Jorjino haqida gapirdi. Ayni damda Benzema yaxshi o‘ynamoqda", - deya yozadi "Barsa" muxlisi "BarcaWorldwide"ning tvitter sahifasida.
2021 yil "Oltin to‘p"ga da’vogarlar
Yanvar-mart: Levandovski va Messi
Aprel: Mbappe va Messi
May: De Bryuyne va Messi
Iyun: Kante va Messi
Iyul: Messi
Avgust: Jorjino va Messi
Sentyabr: Levandovski Messi
Oktyabr: Benzema va Messi
"Menimcha, bu erda hech qanday baxs bo‘lishi mumkin emas",-deya so‘zlarini yakunladi muxlis.
2021 yil davomida 34 yoshli argentinalikka ko‘plab futbolchilar "Oltin to‘p" borasida raqobat uyushtirdi. Yil boshidan beri nomzodlar o‘zgardi, biroq Leo qoldi.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p" topshirish marosimi 20 noyabrda Parijdagi "Shatl" teatrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar